AsosiySport

Iroda To`laganova Farg`onadagi turnirda kortga chiqdi

'Iroda To`laganova Farg`onadagi turnirda kortga chiqdi'ning rasmi

Shu kunlarda Farg`ona shahrida tennis bo`yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi Olamsport nashri.

Mukofot jamg`armasi 25 000 AQSh dollariga tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning juftlik bahslarida faxriy sportchimiz Iroda To`laganova ham ishtirok etdi.

O`z vaqtida dunyoning 16-raketkasi bo`lishga erishgan, o`smirlar o`rtasidagi Uimbldon turniri g`olibasiga aylangan Iroda Farg`ona musobaqasi juftligida Nigina Abduraimova bilan tandem hosil qilganli.

Ular ilk davrada rossiyalik Varvara Flink hamda ukrainalik Valeriya Straxova hamkorligiga qarshi kortga chiqishdi va kuchli raqibalariga 4:6, 6:7(5) hisobida imkoniyatni boy berib qo`yishdi.

    Boshqa yangiliklar