Notarial harakatlar uchun to`lovlarni Click va Payme to`lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Notarial harakatlar uchun to`lovlarni Click va Payme to`lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilgani haqida Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar bermoqda. Oldinlari bunday imkoniyat faqat UPAY tizimida bor edi.
To`lovlar bank kassalari yoki mobil telefonlar orqali amalga oshirilishidan qat`iy nazar, bu haqdagi ma`lumot “Notarius” axborot tizimida onlayn tarzda aks ettiriladi.






