AsosiyJamiyat

Samarqandda xotinidan kaltak egan er va kelinidan norizo qaynota milisiyaga arz qildi

'Samarqandda xotinidan kaltak egan er va kelinidan norizo qaynota milisiyaga arz qildi'ning rasmi

Narpay tumanida er xotini ustidan arz qilib 102 raqamiga qo`ng`iroq qildi.

«Tumanimizning «Istiqlol» mahallasida yashovchi Baxtiyor Arziqulov 102 raqamiga qo`ng`iroq qilib, qat`iy ohangda ichki ishlar xodimlarining himoya qilishlarini so`radi. Axir, Nigora Tosheva eri Baxtiyor Aliqulovni yomon urib, tan jarohati etkazibdi.

Nigora baquvvat xotin bo`lsa kerakki, erkaklar undan himoyalanish uchun chetdan madad so`rayapti», — «Paxtakor ovozi» gazetasidan iqtibos keltirdi «Zarafshon» nashri.

Nashrning yana bir xabarida boshqa bir erkak kelini ustidan shikoyat qilib 102 ga qo`ng`iroq qilibdi.

«Yonariq»lik Gulnoza Uzoqovaning erining uyida qilgan janjali qaynotasi o`takasini yorgan shekilli, o`g`li qolib, o`zi ichki ishlar bo`limiga murojaat qilib, kelini dastidad «dod» dedi. Ishqilib, «zaif»gina erkak zoti qattiqroq shikast emagan bo`lsa bo`ldi, deb yozadi B.Sodiqova – maqola muallifi.

    Boshqa yangiliklar