AsosiyJinoyat

Toshkentda «Vatanparvar» avtomaktab xodimi pora bilan qo`lga olindi

'Toshkentda «Vatanparvar» avtomaktab xodimi pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor-qidiruv guruhi va prokuratura organlari hamkorligida noqonuniy «pul mukofoti»ni olish holati aniqlandi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi xabar berdi.

Haydovchilarni tayyorlovchi MK «Vatanparvar» tashkilotining sho``ba unitar korxonasi rahbari o`rinbosari o`zining xonasida IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasining Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan 500 AQSh dollari va 200 ming so`m miqdorida «mukofot puli» olayotgan vaqtda qo`lga olindi. U bu pullarni mashg`ulotlarga kelmasdan guvohnoma olishga yo`l ochib berishi uchun olmoqchi bo`lgan.

Prokuratura tomonidan qo`lga kiritilgan daliliy ashyolar va materiallar asosida qo`lga olingan shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 210-moddasi («Pora olish») bilan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar