Turizmni rivojlantirishda mamlakatning o`ziga xos oshxonasi ham katta rol o`ynaydi. Italiya spagettilari, Fransiya qurbaqa sho`rvalari bilan mashhur.
O`zbek oshxonasini yangicha talqinda jahonga mashhur qilishga bel bog`lagan Bahriddin Chustiy 18 iyun kuni Botanika bog`ida o`tgan “Top-500” tadbirkorlar hamjamiyati forumida so`zga chiqdi va qisqacha kelajakdagi rejalari bilan bo`lishdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
“Kelajakda Nyu-Yorkda “somsa festivali”, Londonda “Tandir shou”, Farg`onada “Holva festivali” o`tkazish niyatidaman. Festivallar sayyohlar oqimini ko`payishiga va tabiiyki o`z o`rnida tadbirkorlikni rivojlanishiga katta hissa qo`shadi”, - deydi Bahriddin Chustiy.






