AsosiyDunyo

Liviya qirg`oqlarida muhojirlar qayig`i falokatga uchradi

'Liviya qirg`oqlarida muhojirlar qayig`i falokatga uchradi'ning rasmi

Liviya qirg`oqlaridanEvropaga yo`l olgan muhojirlar qayig`i falokatga uchradi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Tripoli qirg`oqlari yaqinida qayiqlar ag`darilishi oqibatida 5 kishi cho`kib ketib, halok bo`ldi. Sohil qo`riqchilari esa 100 dan ortiq odamlarni qutqarib olishdi.Ma`lum bo`lishicha, ular Italiya tomon yo`l olishgan edi.

“Biz voqeadan xabar topgach Tripolining g`arbiy xududi tomon yo`l oldik va 3 soat davomida qidiruv olib bordik. Ularni topganimizda qayiqlar deyarli yaroqsiz axvolga kelib qolgan edi.117 nafar insonni sohilga olib chiqdik. Afsuski, 5 kishini qutqarishga ulgurmadik. Jasadlar suvdan olib chiqildi” dedi voqea guvohlaridan biri.

Xalqaro Migrasiya Tashkiloti dunyoning turli mamlakatlarida,shu jumladan Liviyaning o`zidan 600 mingdan ziyod muhojirlar borligini qayd etgan. 28-29 iyun kuni bo`lib o`tadigan Evropa Ittifoqi sammitida migrantlar masalasi ham kun tartibiga kiritildi. Unda ishtirok etadigan davlatlarqochoqlarga yordam ko`rsatish, ularni ish va boshpana bilan ta`minlash masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar