Oliy harbiy bojxona institutiga o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish kiritildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Oliy harbiy bojxona institutiga o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomning 3-bandi oltinchi xatboshisiga o`zgartirish Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.
Kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, Oliy harbiy bojxona institutiga o`qishga qabul qilishda nomzodlarning bo`yi 165 sm dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo`lmasligi belgilandi.
Ilgari amal qilgan tartibga ko`ra nomzodlarning bo`yi 170 sm (qiz bolalar uchun 165 sm)dan kam bo`lmasligi lozim edi.






