AsosiyJamiyat

Yuridik ma`lumotga ega bo`lmagan oliy ma`lumotli shaxslar ham yuridik sohada ishlashi mumkin

'Yuridik ma`lumotga ega bo`lmagan oliy ma`lumotli shaxslar ham yuridik sohada ishlashi mumkin'ning rasmi

Ayrim yo`nalishlar bo`yicha oliy ma`lumotga ega bo`lgan shaxslar yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlanadi.

“Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo`yicha professional o`qitish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Huqumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Mazkur qaror bilan “Oliy ma`lumotga ega bo`lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari to`g`risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra:

• tinglovchilarni qabul qilish Toshkent davlat yuridik universiteti Kengashi tomonidan belgilangan o`rinlarga muvofiq, to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

• tinglovchilarni qabul qilish suhbat shaklida o`tkaziladigan kirish imtihonlari natijasiga ko`ra amalga oshiriladi;

• kirish imtihonlari yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi, huquq sohasidagi tayanch bilimlar va tahliliy fikrlashni aniqlash nuqtai nazaridan o`tkaziladi;

• qayta tayyorlash kurslarida o`qish davlat va rus tillarida amalga oshiriladi;

• qayta tayyorlash kurslarida o`qitishning davomiyligi olti oyni tashkil etadi va asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi.

Qabul qilish to`g`risidagi arizaga quydagilar elektron shaklda ilova qilinadi:

• pasport yoki uning o`rnini bosuvchi hujjat;

• oliy ma`lumot to`g`risidagi diplom (yoki diplomdan ko`chirma);

• 3,5x4,5 sm o`lchamdagi rangli fotosurat.

Kirish imtihonlari natijalari reyting tizimiga muvofiq nomzodga qo`yilgan ballarni (0 dan 100 gacha) nazarda tutgan holda aniqlanadi va TDYuU rektori tomonidan tasdiqlanadigan Imtihon komissiyasi majlisi bayonnomasiga kiritiladi.

Kirish imtihonlari natijalari Markazning rasmiy veb-saytida suhbat jarayonining so`nggi bosqichi bo`lib o`tgandan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan joylashtiriladi.

Talabgor kirish imtihoniga kelmagan taqdirda unga 0 ball qo`yiladi. Suhbat yakuni bo`yicha belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to`plagan taqdirda talabgor qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi.

Qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

• belgilangan o`rinlar sonini inobatga olgan holda kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o`tganda (suhbatda belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan yuqori ball to`plaganda);

• kirish imtihonlari natijalari e`lon qilinganidan so`ng o`n besh ish kunidan kech bo`lmagan muddatda kontrakt to`lovi summasi o`tkazilganda.

    Boshqa yangiliklar