AsosiySport

JCh-2018: Neymar bugungi mashg`ulotlarni o`tkazib yubordi

'JCh-2018: Neymar bugungi mashg`ulotlarni o`tkazib yubordi'ning rasmi

Braziliya terma jamoasi etakchisi Neymar pentakampeonlarning mashg`ulotida ishtirok etmadi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Terma jamoa murabbiylari shifokorlar bilan kelishgan holda Shveysariyaga qarshi kechgan uchrashuvdan so`ng hujumchiga bir kun dam berishga qaror qilishdi.

E`tiborlisi, Braziliya - Shveysariya o`yinida raqib jamoa futbolchilari Neymarga nisbatan 10 marotaba qoida buzishgan. Hujumchini faqat yiqitish va ushlab qolish orqali to`xtatishgan.

“To`g`ri, qoida buzishlar futbolning bir bo`lagi va bunga jiddiy e`tirozim yo`q. Lekin hakamlar atayin va qasddan qilingan qo`polliklarni e`tibordan chetda qoldirmasliklari kerak”, - dedi Neymar AS nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, bugungi mashg`ulotlarda Neymardan tashqari Marselo, Tyago Silva va Gabriel Jezus alohida dastur asosida individual tarzda shug`ullanishdi.

Boshqa yangiliklar