Daniyaning Nesandbi shahri uy-joy kooperativi assosiasiyasi hovlida bolalarning batutda sakrashi va qichqirishini taqiqladi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
“Ba`zi bir oilalar bolalari uchun hovliga batut o`rnatishgan. Unda sakrab, qichqirayotgan bolalar esa boshqalarning tinchligini buzmoqda”, deb ma`lum qildi assosiasiya.
Nashrning xabar berishicha, aholi bolalarning shovqinidan shikoyat qilgan. Bundan tashqari, batutda sakrayotgan bolalar birovlarning derazasidan mo`ralashlari mumkinligidan xavotirlanishgan.
Uy-joy kooperativi esa ikki hafta davomida batutlarni yig`ishtirib olmagan odamlar bilan ijara shartnomasini bekor qilishini bildirgan.






