Xitoyning Sindao shahrida sodir bo`lgan po`rtana tufayli osmondan dengiz jonivorlari: sakkizoyoq, dengiz yulduzi va krevetkalar yog`di, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Mazkur voqea aks etgan video YouTube kanaliga joylashtirildi.
Xitoy meteorologiya ma`muriyati ham osmondan dengiz jonivorlari yoqqanligini tasdiqladi. Kuchli shamol tufayli jonivorlar suvdan bir necha yuz kilometr uzoqlikka uchgan.
Xuddi shunday hodisa 2017 yilda Meksikaning Tampiko shahrida ro`y berib, o`shanda osmondan baliqlar yoqqan edi.






