AsosiyDunyo

Poezdda tug`ilgan chaqaloq qatnovni to`xtatib qo`ydi

'Poezdda tug`ilgan chaqaloq qatnovni to`xtatib qo`ydi'ning rasmi

Poezdda tug`ilgan chaqaloq Parij elektropoezdlari qatnovini to`xtatib qo`ydi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

“Ober” poezd bekatida o`g`il bola chaqaloq dunyoga keldi. Mazkur hodisa tufayli “Sharl de Goll/Etual va “Nanson” bekatlaridagi harakat to`xtab qoldi.

Ona va bola kasalxonaga sog`-salomat etkazildi, ular o`zlarini yaxshi his qilishmoqda.

Chaqaloqning dunyoga kelishini transport kompaniyasi rahbariyati xursandchilik bilan qarshi oldi va unga 25 yoshga qadar Fransiya poytaxti va poytaxt atrofidagi shaharlarda jamoatchilik transportidan bepul foydalanish imkoniyatini hadya etishdi.

    Boshqa yangiliklar