Afg`onistonning Nangarxax viloyatida xudkush-terrorchi tomonidan portlash amalga oshirildi, deb xabar berdi Vesti ru nashri.
Oqibatda esa 35 kishi qurbon bo`lgan. Bundan tashqari, 65 kishi jarohat olgani ma`lum qilinmoqda. Portlash Hayit bayrami munosabati bilan o`tkazilgan tadbir chog`ida sodir etilgan.
Mazkur harakat uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o`z zimmasiga olgan.






