AQShning Texas shtatida chegaradan 140 km uzoqlikda sodir bo`lganyo`l- transport hodisasi oqibatida 5 kishi qurbon bo`ldi, deb xabar berdi Korrespondent.net nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, halokatga uchragan muhojirlar mashinasi patrul xizmati tomonidan quvib kelinayotgan edi.Ulardan qochishga uringan avtomobil yuqori tezlik sabab ag`darilib ketgan.
Uning bortida jami 14 kishi bo`lgan.Yaralanganlarga tez tibbiy yordam ko`rsatish uchun vertolyotlar voqea joyiga etib kelgan.






