AsosiyDunyo

Nigeriyada ketma-ket portlashlar sodir etildi

'Nigeriyada ketma-ket portlashlar sodir etildi   'ning rasmi

Dambao viloyatida amalga oshirilgan portlashlar natijasida 31 kishi qurbon bo`lgani haqida TASS nashri xabar qildi.

2 nafar xudkush terrorchi odamlar gavjum hududga kelib, o`zini portlatib yuborgan.

Bundan tashqari, tanklarga qarshi ishlatiladigan granatalar ham portlatilgan.Guvohlarning so`zlariga qaraganda,jinoyatni sodir etgan shaxslar ko`chada bir necha daqiqa jim turishgan vaportlovchi moddani olib birvarakayiga harakatga keltirishgan.

Voqea oqibatida turli darajada yaralanganlar hamko`pchilikni tashkil etadi. Ularga kerakli tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.Ushbu hujumni mahalliyBoko Haram terrorchilik guruhi sodir etgan, degan taxminlar bor.

Boko Haram tomonidan so`nggi vaqtlarda tez-tez portlashlar uyushtirilib kelinmoqda. May oyida Adamava viloyatida ro`y bergan portlashda 20 kishi halok bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar