AsosiyDunyo

Kolumbiyada prezident saylovining ikkinchi bosqichi yakunlandi

'Kolumbiyada prezident saylovining ikkinchi bosqichi yakunlandi'ning rasmi

Kolumbiyada bo`lib o`tgan prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi yakuniga etdi, deb xabar berdi TASS nashri.

Uning natijasiga ko`ra, Ivan Duke g`alaba qozongan.

“Demokratik markaz” hukmron partiyasidan nomzod Ivan Duke Kolumbiya prezidentligi uchun saylovlarning ikkinchi turida g`alaba qozondi. Jarayonlarda umumiy hisobda 36 milliondan ortiqovoz beruvchi ishtirok etgan. Ivan Dukega saylovchilarning 39,14 foizi ovoz bergan bo`lsa, uning raqibi «Prezident Petro» koalisiyasidan nomzod Gustavo Petrouchun 25,09 foizikishi ovoz bergan. Shunday qilib 41 yoshli Ivan Duke xar ikkala bosqichda xam raqibi ustidan g`alaba qozondi.

“Men adolatni to`g`ri o`lchovi bo`lishi kerak deb xisoblayman. Hukumat tomonidan jabrlanganlarga kompensasiya to`lab berilishini ta`minlash lozim. Korrupsiyaga qarshi kurashish xam bizning vazifamiz”, dedi Ivan Duke.

Petro Dukening saylovlarning ikkinchi turidagi g`alabasini tan oldi vaPetroo`zining natijasini mag`lubiyat deb xisoblamasligini ta`kidlagan. U o`zining Twitter’dagi sahifasida “Menga Kolumbiya aholisining 8 millioni ovoz bergani bu men uchun mag`lubiyat emas”, deyaxabar qoldirgan.

    Boshqa yangiliklar