Orolda uyg`ongan yangi vulqondan otilib chiqayotgan lava yovvoyi tabiat uchun xavfli ekanligi xabar qilinmoqda. Milliy bog`dagi o`simliklar hamda jonivorlar qirilib ketishi mumkin. Vulqon og`zidan ko`tarilayotgan tutun atrofga zaharli havoni tarqashiga sabab bo`lmoqda. Bu esa insonlar salomatligi uchun ham zararlidir.
Undan chiqayotgan lava erib dengizga quyilmoqda. Dengiz jonivorlari ham halok bo`lishi mumkinligi mutaxassislarni tashvishga solmoqda. Hozirda vulqon balandligi 1476 metrga etdi.Agar ahvol shu tariqa davom etsa, vaziyat yanada jiddiylashishi mumkin.
Hukumat esa voqea joyiga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi aholi vakillarini evakuasiya qilish ishlariga tayyorgarlik ko`rmoqda.Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma`lumotlar yo`q. Odamlar o`z uylari lava oqimi ostida qolib ketishidan va chorvalar nobud bo`lishidan tashvishga tushishmoqda.






