AsosiyJamiyat

Bog`chalarda ota-onalardan pul yig`ish taqiqlangan ediku?

'Bog`chalarda ota-onalardan pul yig`ish taqiqlangan ediku?'ning rasmi

Xo`sh, unda Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan nega bu borada loyiha ishlab chiqildi?

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va turli elektron ommaviy axborot vositalarida bog`chalarda bolalar ota-onalaridan pul yig`ish qat`iyan taqiqlanadi, degan mazmundagi xabarga munosabat bildirildi.

Yuqorida nazarda tutilgan xabarlarning tarqalishi “Maktabgacha ta`lim muassasasining Vasiylik kengashi to`g`risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq loyihasining muhokamaga qo`yilishi bilan bog`liq.

Aslida bu talab Adliya vazirligida 2012 yil 3 iyulda 2377-raqam bilan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan Xalq ta`limi muassasasining Vasiylik kengashi to`g`risidagi namunaviy nizomda ham mavjud.

Xususan, nizomga muvofiq ta`lim muassasasida o`quvchilar (tarbiyalanuvchilar) va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan ta`lim muassasasi rahbariyati va boshqa xodimlari (sinf rahbarlari, o`qituvchilar, tarbiyachi, tarbiyachi-yordamchilar va to`garak rahbarlari) tomonidan pul mablag`larini yig`ish qat`iyan taqiqlanadi.

Demak, hozirda nafaqat bog`chalarda balki maktablarda ham ota-onalardan pul yig`ish taqiqlangan.

Xo`sh, unda Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan nega bu loyiha ishlab chiqildi?

Ma`lumki, Prezident qaroriga muvofiq maktabgacha ta`lim muassasalari Xalq ta`limi vazirligi tizimidan yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta`lim vazirligiga o`tkazilgan.

Shu munosabat bilan ilgari Xalq ta`limi vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim hujjatlarning maktabgacha ta`lim muassasalariga tegishli qismi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan qayta ko`rib chiqilib, zarur deb hisoblanganlari qaytadan qabul qilinmoqda.

Bu holat davlat tashkilotlarining tashkil (qayta tashkil) etilishida kuzatiladigan standart jarayon hisoblanib, mohiyatan yangi qonun hujjatlarini qabul qilinishini nazarda tutmaydi.

    Boshqa yangiliklar