16 iyun kuni Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida mudhish qotillik sodir bo`ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Xabarda qayd qilinishicha, tumanda yashovchi Sh.Q. shu hududda joylashgan “Oybekina-bekina” MChJga qarashli AYoQSh oldida o`zaro janjal oqibatida Zafarobod tumanida yashagan otasi A.N.ning bo`yin qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazib, qochib ketgan.
Natijada A.N. voqea joyida dunyodan ko`z yumgan. Ko`rilgan choralar natijasida Sh.Q. ushlangan.






