AsosiyJamiyat

Hududlar obodligi yo`lida boshlangan tashabbus

'Hududlar obodligi yo`lida boshlangan tashabbus'ning rasmi

“Obod mahalla” dasturi ijrosi bo`yicha Adliya va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari va ularning hududiy boshqarmalari, “Xalq qabulxonalari”, ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat Ishchi guruh vakillari Yunusobod tumanining 63 ta mahallasida joylashgan 81 377 ta xonadonda bo`lib, tumandagi mavjud holat hamda muammolar o`rganib chiqilmoqda.

Bugungi kunga qadar uyma-uy yurish jarayonida, birinchi navbatda, 10 000 dan ortiq xonadonlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ahvoli o`rganildi. Arzon uy-joylarga muhtojlarga amaliy yordam ko`rsatish choralari ko`rildi. Nogironligi bo`lgan hamda og`ir kasallikka chalingan, tibbiy yordamga muhtoj bo`lgan oilalarga sog`liqni saqlash organlari tomonidan yordam ko`rsatilishi ta`minlandi. Ishsiz bo`lgan oilalarni aniqlash hamda xonadonlardagi boshqa muammolarni o`rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan ko`plab amaliy ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga 2 300 dan ortiq fuqarolarning o`zlarini qiynayotgan muammoli masalalar bo`yicha murojaatlari qabul qilinib, tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralari ko`rilmoqda.

Shuningdek, 150 dan ortiq ijtimoiy ob`ektlar, ko`p qavatli uylar, ko`chalar, bo`sh turgan binolar va boshqa joylardagi mavjud holatlar o`rganildi. Jumladan, ob`ektlarning tom qismi va er to`lalari holati, issiqlik energiyasi, suv, gaz va elektr bilan ta`minlanganligi, sanitariya-epidemiologiya, obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish va ariqlarning tozalanganligi holati, ichki yo`llar, yo`lakchalar ahvoli, ko`cha yoritish chiroqlarining yaroqliligi, sport-sog`lomlashtirish ob`ektlari, bolalar maydonchalari, madaniy-ma`rifiy ob`ektlar va boshqa ijtimoiy soha ob`ektlaridagi mavjud bo`lgan boshqa muammoli masalalar ham o`rganilib, aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi va hal etish choralari ko`rilmoqda.

Bugun Ishchi guruhi, tuman tashkilotlarining xodimlari va mahallalarning faollaridan iborat ikki mingdan ortiq ko`ngillilar ishtirokida tumandagi 16 ta (“Sobirobod”, “Nurmakon”, Shoshtepa”, Yurtobod”, “Turkiston”, “Posira” va boshqalar) mahalla fuqarolar yig`inida obodonchilik ishlari olib borildi. Mazkur xayrli ishga ellikdan ortiq og`ir texnika vositalari jalb qilindi.

Yunusobod tumanidagi barcha mahallalarni obod qilish va hududda istiqomat qilayotgan aholining muammolarini bartaraf etish yuzasidan Ishchi guruhlari va tuman tashkilotlari tomonidan amaliy ishlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar