AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida yana bir Ahmadboy izdoshi qo`lga olindi

'Toshkent viloyatida yana bir Ahmadboy izdoshi qo`lga olindi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 14 iyun kuni mahalliy aholiga "bank xizmatlarini" taklif qilgan firibgar qo`lga olindi, deb xabar qildi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatining Chinoz tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, ushbu tumanda yashovchi, muqaddam sudlangan, K.Yu. 2016 yil may-iyun oylarida "Yangiyo`l avtobiznes servis MChJ" deb yozilgan soxta tashrif qog`ozi bilan fuqarolarni ishonchiga kirib, ulardan foiz hisobida pul va qora mollarni ikki barobar qiymatda qaytarib berishni va`da qilib, jami 330,5 million so`m pullarini olgan va o`z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan K.Yu.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar