Moskva markazidagi Ilinka ko`chasida taksi haydovchisi boshqaruvni yo`qotib piyodalar yo`lagiga chiqib ketdi va 7 kishini urib yubordi, xabar berdi RIA Novosti.
Yo`l-harakatini tashkil qilish markazi xabariga ko`ra, haydovchi mast bo`lmagan va bu ishni qassdan qilmagan, u tormoz va gaz pedallarini adashtirib yuborgan.
Jabrlanganlar 2 nafar Meksika fuqarosi, 2 nafar Ozarbayjon fuqarosi, ikki Rossiya fuqarosi va bir ukrainalik bo`lgan. Shifokorlar Ikki nafar jabrlangan Meksika fuqarolarining ahvoli qoniqarli darajada ekanligini ma`lum qildi.

Moskva meri Sergey Sobyanin vaziyat nazorat ostida ekanini aytmoqda.
Huquqni saqlash organlari xabariga ko`ra, taksichining haydovchilik guvohnomasi 2013 yilda Qirg`izistonda berilgan. Haydovchining so`zlariga qaraganda qaraganda, u 20 soat davomida to`xtamasdan ishlagan va bundan oldin faqat 3 soat uxlagan.
“Men tormozni bosayapman deb o`ylagandim… keyin nima bo`lganini o`zim ham tushunmay qoldim”, — deb guvohlik bergan taksi haydovchisi.
Shuningdek, uning haydovchilik tajribasi ikki yil ekanini va Moskvaga bir oy oldin kelgani ham aniqlangan.






