AsosiyJinoyat

Samarqandda 6 ming dollarni o`marib ketgan shaxs ushlandi

'Samarqandda 6 ming dollarni o`marib ketgan shaxs ushlandi'ning rasmi

13 iyun kuni Samarqand shahrida noma`lum shaxs «Marmar» dehqon bozori oldida Pastdarg`om tumanida yashovchi Z.N. ismli ayolga xorijiy valyutadagi pullarini Samarqand shahar temiryo`l vokzali oldida joylashgan bankda so`mga almashtirib berishini aytib, birgalikda yo`lovchi taksiga o`tiradi.

Ular shaharning Gagarin ko`chasiga etib kelganlarida u Z.N.ning qo`lidan ichida 6 000 AQSh dollari, 200 ming so`m puli, zargarlik buyumi va fuqarolik pasporti bo`lgan sumkasini tortib olib, avtomashinadan tushib, voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sattepo maskanida yashovchi F.B. sodir etganligi aniqlandi. Talonchi qo`lga olindi.

    Boshqa yangiliklar