AsosiyJamiyat

O`zbekistonda sportchilar va san`atkorlar ishtirokida katta sport bayrami o`tkaziladi

'O`zbekistonda sportchilar va san`atkorlar ishtirokida katta sport bayrami o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekistonda 23 iyun kuni dunyo bo`ylab bayram qilinadigan Xalqaro Olimpiya kunini (International Olympic Day) keng nishonlash rejalashtirilgan va buning uchun katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

O`sha kuni Milliy olimpiya qo`mitasi tomonidan qator tadbirlar o`tkaziladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Rejaga binoan, kunning birinchi yarmida an`anaviy marafon va engil atletika bo`yicha musobaqa uyushtiriladi.

Kechki payt esa "Milliy" (sobiq "Bunyodkor") stadionida bo`lib o`tadigan bayramda sportchilar va san`atkorlar ishtirokida turli ko`rgazmali chiqishlar tashkil etiladi.

Mazkur sport bayramiga 30 000dan ortiq mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda. Stadionda gimnastika, tennis, velosport, boks, qilichbozlik, yakkakurashlar hamda engil atletika ustalari o`z mahoratlarini yig`ilganlarga namoyish etadilar.

    Boshqa yangiliklar