Navoiy viloyatining Konimex tumanida 14 iyun kuni Zarafshon shahrida yashovchi Sh.E. “Kobalt” rusumli avtomashinasini “Navoiy-Uchquduq” yo`lida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketishi natijasida avtomashina ag`darilib ketgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada avtomashina yo`lovchilari, Zarafshon shahrida yashagan P.X. jarohat olib voqea joyida o`lgan. Shuningdek, ushbu shaharda yashagan S.E. ismli ayol hamda uning qizi maktab o`quvchisi A.R.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ular kasalxonada vafot etganlar.
Shu bilan birga, avtomashina haydovchisi Sh.E. va uning qolgan yo`lovchilari, Zarafshon shahrida yashovchi G.O`. ismli ayol va uning turmush o`rtog`i Buxoro davlat universiteti 1-kurs talabasi, X.R. jarohat olganligi sabab kasalxonaga yotqizilganlar hamda ularga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan.






