AsosiyDunyo

Qisqa muddatda Atambaevning sochlari oqarib ketdi

'Qisqa muddatda Atambaevning sochlari oqarib ketdi 'ning rasmi

Qirg`izistonning sobiq prezidenti va mamlakatdagi sosial-demokratik partiya rahbari Almazbek Atambaev "Ata-Beyit" memorial-majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik nashri.

Siyosatchi Chuy viloyatining Arashan qishlog`ida o`tgan hayit namozida ishtirok etgan. Namozdan so`ng norasmiy muhitda qishloqdoshlari bilan muloqotda bo`lgan va "Ata-Beyit" memorial majmuasiga yo`l olgan.

Bu erda 2010 yil Aprel inqilobida halok bo`lgan qahramonlar haqqiga duo o`qilgan.

Fotosuratlarda Almazbek Atambaev o`ychan holda aks ettirilgan. Kamiga siyosatchining sochlari haddan oqarib ketganligi ko`zga tashlanmoqda, deb yozadi nashr.

    Boshqa yangiliklar