O`zbekiston birinchi prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillyaeva Instagramdagi sahifasi orqali barcha musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.
"Barchangizni kirib kelgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman. Mehribon Allohdan ushbu muqaddas oyda topilgan savob va halovat barchangizga har kuni hamrox bo`lishini so`rayman. Iyd Muborak!", — deb yozgan Lola Karimova.






