AsosiySiyosat

Prezident jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etib qaytdi

'Prezident jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etib qaytdi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14 iyun kuni Moskvaga tashrif buyurdi.

Prezident matbuot xazmatining xabar berishicha, davlatimiz rahbari ushbu mamlakatda bo`lib o`tayotgan futbol bayramiga xos ko`tarinki muhitda kutib olindi.

Shavkat Mirziyoev «Lujniki» olimpiya kompleksida o`tkazilgan futbol bo`yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Mazmunli g`oyaviy echim, noyob texnik imkoniyatlar asosida tayyorlangan tantanali tadbir tomoshabinlarga katta zavq bag`ishladi. Mashhur estrada yulduzlari jo`rligida jahon chempionatining rasmiy qo`shig`i ijro etildi. Butun dunyodan kelgan muxlislar futbol olamining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etayotgan mamlakatlar jamoalarini qutladi.

Prezidentimiz oliy martabali mehmonlar qatorida Rossiya va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o`rtasidagi o`yinni tomosha qildi. Xorijiy davlatlar rahbarlari bilan samimiy muloqotlar o`tkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev shu kunning o`zida Toshkentga qaytib keldi.

    Boshqa yangiliklar