AsosiyDunyo

Parijda bir jinoyatchi ikki kishini garovga oldi

'Parijda bir jinoyatchi ikki kishini garovga oldi'ning rasmi

Fransiya poytaxti Parij shahrida noma`lum shaxs qurol bilan odamlarga xujum qilib, 2 kishini garovga olgan, deya ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri.

Jinoyatchi qurol bilan biznes markaziga kelib odamlarga taxdid qilgan va 2 kishini garovga olgan. Voqea joyiga etib kelgan polisiya jinoyatchi bilan muzokaralar olib borishni so`raganida, u Eron elchixonasi bilan bog`lanishni talab qildi. Hudud polisiya tomonidan o`rab olingan bo`lib, garovdagilardan biri jinoyatchi qo`lidan qochishga muvaffaq bo`ldi.

Ushbu holat terroristik harakat sifatida baholanmagan. U binodan talablari qondirilmagunicha chiqmasligini va agar sharti bajarilmasa, garovdagilarni o`ldirishini ta`kidlagan. Jinoyatchining shaxsi va ko`rinishi xaqida hech qanday ma`lumotlar yo`q. Hozirda muzokaralar davom etmoqda. Odamlarni garovga olish hodisalari so`nggi ikki oy ichida Evropada tez-tez sodir bo`lmoqda. Ma`lumot sifatida aytish mumkinki, o`tgan oyda ham Belgiyada jinoyatchi ikki nafar ayolni garovga olgan edi.

    Boshqa yangiliklar