Ispaniya qiroli Filipp VIning kuyovi Inyaki Urdangarin moliyaviy firibgarliklar va jamoat jamg`armalaridan bir necha million evroni noqonuniy o`zlashtirishda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda Ren.tv nashri.
Keltirilgan barcha dalillarni inobatga olib, Ispaiya oliy sudi uni ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Inyaki Urdangarin 5 yilu 10 oylik qammoq muddatini o`taydi. Urdangarin o`z firmasi orqali aslida o`tkazilmagan tadbirlar uchun mablag`larni o`zlashtirib borgan. Palma gersogi 50 yoshli Urdangarin qirol Filippning singlisi – malika Kristinaning turmush o`rtog`idir.






