AsosiyDunyo

Bangladesh mussoni 12 kishining hayotiga zomin bo`ldi

'Bangladesh mussoni 12 kishining hayotiga zomin bo`ldi 'ning rasmi

Bangladeshda musson mavsumi kuzatilmoqda, deya xabar qildi Mir24.tv nashri.

Bangladesh bo`ylab davom etayotgan musson mavsumi, ayniqsa, mamlakatning janubi-sharqiy qismida shiddatli suv toshqinlarini kelib chiqishiga olib kelgan. Yog`ingarchiliklar hamda erosti suvlarining keskin ko`tarilishi tufayli ko`chalarda loyqa suv daryo bo`lib oqmoqda. Buning oqibatida kamida 12 kishi hayotdan ko`z yumgani xabar qilinmoqda. Ularning 2 nafari rohinjalik musulmonlardir. Qurbonlar orasida 2 yoshli go`dak ham bor. U bosib tushgan loy devor ostida qolib ketgan.

Hukumat vaziyat tobora jiddiylashib borayotgani sabab 10 minglab odamlarni ko`chirish jarayonini boshladi. Biroq ularni boshpana bilan ta`minlash muammosi hal qilingani yo`q. Hozircha ular quruq joylardagi chodirlarga joylangan. Sog`liqni saqlash vazirligi esa iflos suv oqimi yuqumli kassaliklarni tarqatishidan tashvishda. Bangladesh metereologiya departamenti kelasi 24 soat ichida yomg`ir shiddati pasayishini va quyoshli havo kuzatilishini ma`lum qildi. Bu esa er ko`chkilarini keltirib chiqarishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar