AsosiyDunyo

Meksika olimlari dinozavrlarning yangi turini ochishdi

'Meksika olimlari dinozavrlarning yangi turini ochishdi'ning rasmi

Meksikalik olimlar dinozavrlar qoldiqlarini topishga muvaffaq bo`lishgan, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Topilmalar shuni ko`rsatadiki, bu qoldiqlar hozirgacha fanga noma`lum bo`lgan yangi tur hisoblanadi.

Paleantologlar Koaxilaning shimoli-g`arbiy qirg`oqlaridan topilgan dinozavr qoldiqlarini yangi tur ekanini hamda bu dinozavrlarning eng qadimgi avlodi ekanini xabar qilishmoqda. Uning taxminiy yoshi 85 million yil ekani ta`kidlanmoqda. Unga Akantolipan gonzalezi nomi berildi. Bu nosadarusning hozirga qadar fanga ma`lum bo`lmagan yangi turidir. O`rganishlarga ko`ra, jonivorning uzunligi 3,5 metr, vazni esa deyarli yarim tonnaga teng. Suyaklar jonivor hali voyaga etmaganini ko`rsatmoqda. Hozirda uning taxminiy ko`rinishi yaratilgan bo`lib, qoldiqlar Meksikaning mashhur cho`l muzeyida saqlanmoqda.

Yangi topilma dinovazrlar davri haqida yangi ma`lumotlarni o`rganish imkonini beradi. Hozirda uning tiklangan ustixoni namoyishga qo`yilgan bo`lib, muzey keng omma uchun ochiq.

    Boshqa yangiliklar