AsosiyDunyo

Ginnesning rekordlari kitobiga kirgan iftorlik qaerda bo`ldi?

'Ginnesning rekordlari kitobiga kirgan iftorlik qaerda bo`ldi?'ning rasmi

BAAning Dubay shahrida muqaddas Ramazon oyida miqyosi jihatidan ulkan iftorlik tashkil etildi.

Mazkur mo``tabar tadbir dasturxoni 6 kilometr uzunlikdagi stol ustiga yozilgani uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Iftorlikni Dubay shahar polisiyasi tashkil qildi. Mazkur aksiya xayriya maqsadida o`tkazilib, unda Hindiston, Shri-Lanka, Pokiston, Xitoy, Filippin va Osiyoning boshqa davlatlaridan kelgan ishchilar qatnashdi.

Taomlarni tayyorlash bilan 35 ta restoran va davlatning turli tuzilmalaridan 500 nafar ko`ngilli shug`ullandi. Iftorga tayyorgarlik ko`rishga qariyb 200 soat vaqt ketdi.

    Boshqa yangiliklar