AsosiyJamiyat

Samarqand viloyatida qo`shmachi ayolning ishi sudga oshirildi

'Samarqand viloyatida qo`shmachi ayolning ishi sudga oshirildi'ning rasmi

"Bor-yo`g`i bir martagina shu ishga jazm qilgandim. Shu bir martadayoq qo`lga tushdim. Ichki ishlar idoralari xodimlari mijozni qabul qilayotganimda qo`lga olishdi. Ming bora pushaymonman…".

Ayol ko`zida yosh bilan boshidan o`tganlarini hikoya qilib bera boshladi. Ikki nafar voyaga etmagan farzandi borligini, Rossiyada ishlab, Juma shahridan uy olganini, bu erga kelgach, ish topolmaganini, bolalarini bir o`zi voyaga etkazayotgani, bor-yo`g`i bir martagina qo`shmachilik bilan shug`ullanishiga to`g`ri kelganini aytdi.

Ammo ayol istiqomat qiladigan mahallaning xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo`yicha mutaxassisi boshqacha fikrlarni aytdi.

"Bir necha bor ogohlantirishimizga qaramay, ayol shu ishini davom ettirdi. U tibbiyot kollejining hamshiralik yo`nalishini tugatgan, ammo diplomi bo`yicha ish topa olmadi. Sababi, o`tgan yillar davomida Rossiyada mehnat qilgan, endilikda yana o`zi ishlagan joyda ishlashi uchun qayta malaka oshirishi lozim".

Ayol o`zi aytganiday bir marta shu bilan shug`ullanganmi yoki mahalla faolining gapiga ko`ra, bir necha marta uyida "qo`noq" qabul qilganmi, bunisi bizga qorong`u, debyozmoqda "Zarafshon" nashri. Ammo uning ishi sudga oshirildi. Ayni paytda ayolga Past Darg`om tuman hokimligi tomonidan tegishli yordam ko`rsatilayotir.

Xususan, u tuman tibbiyot birlashmasida ishlashi uchun qayta o`qitishga jo`natilib, farzandini bog`chaga joylashtirish masalalariga ko`mak berilmoqda.

    Boshqa yangiliklar