Bugun, 14 iyun kuni AQSh prezidendi Donald Tramp 72 yoshni qarshi oldi. U tug`ilgan kunini qaerda nishonlashi haqida Oq uy xabar bermadi.
Davlat rahbari ortiqcha vaqt ishlagani uchun bugun dam olishga qaror qildi. Bu Oq uy jadvali bilan tasdiqlandi.
Shuningde, Tramp Singapurda Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv o`tkazib, Amerikaga qaytib kelgach, 13-iyun kuni ham dam olgan edi.
2016 yilda Tramp AQShning 45-prezidenti lavozimiga saylanganida 70 yoshda edi. U bugun Amerika rahbari sifatida ikkinchi tug`ilgan kunini nishonlayapti.
Donald Tramp 1946 yil 14 iyun kuni Nyu-York shahrining Kuins okrugida tavallud topgan.






