AsosiyJamiyat

Hayit kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

'Hayit kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 iyun kuni poytaxtda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent viloyati. Havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo`ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 25-30 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar