AsosiyDunyo

China Daily: AQSh va KXDR sammiti tinchlikning xush muqaddimasi

'China Daily: AQSh va KXDR sammiti tinchlikning xush muqaddimasi'ning rasmi

Xitoyning nufuzli nashrlaridan biri “China Daily” Qo`shma Shtatlar va Shimoliy Koreya sammitiga bag`ishlangan maqola chop etdi.

Unda qayd etilishicha, AQSh va KXDR sammiti tinchlik jarayonining xush muqaddimasidir. Agar tomonlar yanada sermahsul muzokaralar o`tkazishda davom etsa, kelgusida sammitga boshqa davlatlar ham qo`shilishi mumkin. Bunga sabab Koreya yarimorolidagi vaziyat ko`p mamlakatlarni xavotirga solib keladi.

Ta`kidlanishicha, Singapurdagi sammit kutilganidan ham ko`proq samara berib, AQSh va KXDR etakchilarining qo`shma bayonoti Koreya yarimorolida tinchlikni ta`minlash istiqboliga yo`l ochadi. Xitoy esa doim totuvlik tarafdori bo`lib kelgan va Qo`shma Shtatlar va Shimoliy Koreyaning o`zaro ishonchga asoslangan munosabatlari va yadroqurolsizlanishni jarayoni rivojini qo`llab-quvvatlaydi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 12 iyunida Singapurda AQSh va KXDR sammiti bo`lib o`tgan edi. Sammit doirasida Donald Tramp va Kim Chen In uchrashdi. Ikki davlat rahbarlari o`zaro muloqotda Koreya yarim orolida tinchlikni barqaror ta`minlash va KXDRni mutlaqo yadroqurolsizlantirish, Shimoliy Koreya va Amerika munosabatlarini yaxshilash kabi masalalarini muhokama qildi. Sammit yakuni bo`yicha Amerika va Shimoliy Koreya etakchilari qo`shma hujjatni ham imzoladi. Unga binoan AQSh va KXDR yangi formatdagi ikki tomonlama munosabatlarni qaror toptirishni o`z zimmasiga oladi, Koreya yarimorolida mustahkam tinchlik o`rnatilishi uchun barcha sa`y-harakatlarni safarbar etadi.

    Boshqa yangiliklar