O`zbekiston Fanlar akademiyasining markaziy kutubxonasida qardosh Ozarbayjon respublikasi shoirasi So`na Valievaning “Dunyo ko`zlarimda nimpushti rangda” nomli kitobi taqdimoti bo`lib o`tdi. Taqdimotda o`zbek adabiyotshunoslari hamda Ozarbayjondan tashrif buyurgan yozuvchi va shoirlar, Toshkentdagi Ozarbayjon milliy madaniyat markazi direktori Samir Abbosov, ushbu kitobdagi ko`plab she`rlarni tarjima qilgan shoira Shahlo Qosimova hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
- Bugun biz uchun juda quvonarli kun. O`zbekiston fanlar akdemiyasining markaziy kutubxonasida Ozarbayjon madaniyat markazi loyihasi bilan chop etilgan kitob taqdimot marosimini o`tkazayotganimizdan xursandmiz, — deydiToshkentdagi Haydar Aliev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbosov. —Ozarbayjonlik mualliflarning asarlarini o`zbek tiliga, o`zbek yozuvchilarining asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qildirib, 9 nomli kitob nashr ettirganmiz. 2017 yilda zamonaviy she`riyat vakillari asarlari jamlagan antologiya nashr etildi. Bu yil Ozarbayjon respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist, shoira, fan doktori So`na Valievaning “Dunyoko`zlarimda nimpushti rangda” nomli kitobini nashr ettirdik. Sona Valievaning hech bir she`ri millat taqdiridan chetda turmaydi.O`zida ozarbayjon ayoli xarakterini umumlashtirgan ushbu asar o`zbek she`riyat ixlosmandlarini ham befarq qoldirmaydi degan umiddamiz. Bundan tashqari b yil “O`zbek she`riyatining gulchambari” nomli kitobni ham tayyorlab, ozarbayjon va o`zbek tillariganashr ettirdik. Bu ezgu ishlar ikki millat she`riyat ixlosmandlariag ham birdek manzur bo`ladi deb o`ylyamiz.
Tadbirda so`zga chiqqanlar ikki millat o`rtasidagi do`stlik har tomonlama, shu jumladan she`riyat rishtalari orqali ham mustahkamlanib boraverishini tiladilar. Bundan keyin ham ko`plab asarlarni ikki tilda ham tarjima qilish va chop etish haqida kelishib olishdi.
Darhaqiqat So`na Valievaning she`ralarini o`qiy turib, unda ko`tarilgan mavzularning aksariyati o`zbek ayolining o`y-xayollariga, yashash tarziga, taqdiriga yaqinligini his qildim. Bunga o`zingiz ham guvoh bo`lishingiz uchun “Ich-ichidan talangan ayol” she`ridan parcha keltiraman.
... “Kuchlisan” deya-deya
Kuchingni oldilar,
Ayol bo`lganing uchun
Bardoshingdan osdilar.
Bolang uchun chidaysan,
“odamlar nima deydi”
Uchun chidaysan,
Boshqa birovni shunday
Sevolmaganing uchun umrbod chidaysan,
Ajal eshik qoqquncha
Chidayverasan, chidaysan,
Aybing ayol bo`lgani uchun
Chidaysan”.
O`ylaymizki, ushbu kitob Ozarbayjon she`riyatiga qiziqadigan, Ozarbayjon adabiyotiga doir tadqiqotlar olib borayotgan mutaxassilar uchun foydali manba buladi.
Dilfuza Sobirova






