Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G`oibnazarov professional ringdagi navbatdagi jangini 14 iyul kuni AQShda o`tkazadi, deb xabar berdi MOQ.
«Lakefront Arena» saroyi mezbonlik qiladigan jang oqshomida hamyurtimiz mezbon bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko`tariladi.
Ma`lumot uchun, Fazliddin G`oibnazarov shu kungacha professional boksda 4ta jang o`tkazgan va ularning barchasida g`alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Jonson esa bungacha 5ta jangda ringga chiqqan va ularning barchasida raqiblarini mag`lub etgan (4tasi nokaut).






