AsosiyDunyo

FIFA “JCh-2018”dan rekord darajada pul ishlab oladi

'FIFA “JCh-2018”dan rekord darajada pul ishlab oladi'ning rasmi

FIFAning Rossiyada o`tkaziladigan futbol bo`yicha jahon chempionatidan kutayotgan daromadlari miqdori ma`lum bo`ldi.

Bu galgi mundial FIFAga 6,1 milliard AQSh dollari keltiradi. Shundan 3 milliardi teletranslyasiyalar huquqini sotishdan olinishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda TASS.

Homiylik kelishuvlaridan esa 1,65 milliard dollar kelib tushadi.

2014 yilda Braziliyada tashkil etilgan jahon chempionatida FIFA ayni paytda kutilayotganidan 1,3 milliard dollar kam, ya`ni 4,8 milliard dollar ishlab topgan edi.

Bu boradagi ko`rsatkichlar mos ravishda 2010 yil JAR mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida 3,9 milliard, Germaniya 2006 yilda qabul qilgan JChda 1,9 milliard dollar bo`lgandi.

Boshqa yangiliklar