AsosiyJamiyat

Maxsus sirtqi bo`limlar qaerlarda tashkil etiladi?

'Maxsus sirtqi bo`limlar qaerlarda tashkil etiladi?'ning rasmi

Ta`lim sohasidagi qonunchilik bo`yicha o`tkazilgan onlayn muloqotda juda ko`plab savollar maxsus sirtqi bo`limlar uchun qabul qaysi ta`lim muassasalarida tashkil etilishi haqida bo`ldi.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligining matbuot xizmati qaerlarda maxsus sirtqi bo`limlar tashkil etilganligi haqida quyida ma`lumot berdi.

Prezidentnig 2018 yil 4 iyundagi qaroriga asosan bu yil 22 ta oliy ta`lim muassasasida maxsus sirtqi bo`limlar tashkil etilib, ularga qabul kvotasi 11 765 ta etib belgilandi.

Ularning 11 750 tasi to`lov-kontrakt, 15 tasi davlat granti asosida qabul qilinadi.

Xususan quyidagi oliy ta`lim muassasalarida ko`rsatilgan kvota bo`yicha maxsus sirtqi bo`limlarga talabalar qabul qilinadi:

  • Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — 100;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 1 120 (Toshkent shahar — 810, Termiz filali — 310);
  • Andijon davlat universiteti — 750;
  • Buxoro davlat universiteti — 720;
  • Guliston davlat universiteti — 600;
  • Qarshi davlat universiteti — 690;
  • Namangan davlat universiteti — 750;
  • Samarqand davlat universiteti — 750;
  • Termiz davlat universiteti — 960 (Termiz shahar — 660, Denov filiali — 300);
  • Farg`ona davlat universiteti — 690;
  • Urganch davlat universiteti — 690;
  • Navoiy davlat pedagogika instituti — 600;
  • Nukus davlat pedagogika instituti — 750;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti — 750;
  • Qo`qon davlat pedagogika instituti — 750;
  • Chirchiq davlat pedagogika instituti — 690;
  • Toshkent davlat agrar universiteti — 25;
  • O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti — 50;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 (15 tasi davlat granti asosida);
  • Toshkent temir yo`l muhandislari instituti — 90;
  • Navoiy davlat konchilik instituti — 90;
  • Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi — 50.

    Boshqa yangiliklar