Prezidentimiz o`tgan yili Farg`ona viloyatiga tashrifi chog`ida Marg`ilon shahrida ijodkorlar bog`ini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar bergan edi.
Shu asosda bu erda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bog` markazida O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning haykali o`rnatildi.











