AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi

'Shavkat Mirziyoev Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etadi'ning rasmi

Rossiyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha Jahon chempionatining ochilish marosimiga bir qator davlat rahbarlari tashrif buyuradi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham JChning ochilish marosimida ishtirok etadi.

Yuqori darajadagi mehmonlarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va FIFA rahbari Janni Infantino kutib oladi.

Shuningdek, JCh-2018 ochilish marosimida Armaniston, Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston kabi o`ndan ortiq davlatlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Millionlab muxlislar orziqib kutayotgan futbol bo`yicha navbatdagi jahon chempionatiga ertaga, 14 iyun kuni start beriladi.

Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo`lib o`tadigan ilk uchrashuvda mezbon jamoa vakillari Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar