AsosiySiyosat

Aleksandr Lukashenko O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

'Aleksandr Lukashenko O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi'ning rasmi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko shu yilning 12-14 sentyabr kunlari O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.

Bu haqda Belarus Respublikasi kengashi raisi Mixail Myasnikovich Minskda O`zbekiston parlamenti a`zolaridan iborat delegasiya bilan uchrashuvi chog`ida ma`lum qilgan, deb yozadi "Xalq so`zi".

Belarus Prezidentining Toshkentga tashrifi uchun bir qator hujjatlar tayyorlanyapti. Myasnikovichning fikricha, ayni paytda O`zbekiston tomonida to`qqizta bitim loyihasi turibdi, umuman, 11 ta hujjat loyihasi ustida ish olib borilyapti.

    Boshqa yangiliklar