Chilida yoz mavsumiga xos bo`lmagan ob-havo sharoiti kuzatilmoqda, deb xabar qildi Rambler nashri.
Mamlakatning Santyago shahrida qor yog`ishi shahar aholisini hayratga solmoqda. Odamlar ko`chalarga chiqib qor fonida suratga tushishmoqda. Yana ayrimlar esa qorda sayr qilish uchun chiqqanini ko`rish mumkin. Havo haroratining keskin tushib ketishi ham ularning kayfiyatiga salbiy ta`sir qilmagan ko`rinadi.
Ushbu noodatiy hodisa mamlakat prezidenti Sebastyan Pinerni xam befarq qoldirmadi. U ham o`z rafiqasi bilan qorni tomosha qilish uchun ko`chaga chiqqan.






