AQShning Nyu-York shahridagi restoranlardan birida oltin qanotlar tayyorlanmoqda, deya ma`lum qilmoqda Korrespondent.net nashri.
Gap shundaki, bu erda tovuq qanotlarining ustki qismi tilla kukuniga belangan holda tayyorlanmoqda. Uni iste`mol qilish esa sog`liq uchun mutlaqo xavfsizligi aytilmoqda.
Ushbu egulik mijozlarga alohida tartibda yoki maxsus paketlar asosida sotiladi. Maxsus paketda 10 ta oltin qanot va shampan vinosi bo`lib, uning narxi 1000 AQSh dollarini tashkil etadi.






