AQShning Kolorado shtatida o`rmon yong`inlari kuzatilmoqda, xabar bermoqda IVI.RU nashri.
Kolaradoning shimoliy qismida kelib chiqqan o`rmon yong`inlari quruq ob-havo tufayli kelib chiqqan. Alangan hozirga qadar sakkiz ming gektardan ortiq maydonni egallab ulgurgan. Uning ko`lami kengayib borayotgani tufayli 2 mingdan ortiq uylardan odamlar evakuvasiya qilindi.
O`t o`chiruvchilar olov bilan tinimsiz kurash olib borayotgan bo`lishiga qaramay, shamol uni tez tarqalishiga sabab bo`lmoqda. Xabarlarga ko`ra, u soatiga 40 km.gacha tarqayapti. Ushbu hududlarda harorat ko`tarilib borayotgani hamda havoning yomon ekani unga yaqin joylarda yashovchi odamlarga katta qiyinchilik tug`dirmoqda. Ma`lumot sifatida aytish mumkinki, o`tgan yili mamlakat bo`ylab umumiy hisobda 4 million gektar maydon yong`in ostida qolgan.






