AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qirg`iziston Mudofaa vazirliklari harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

'O`zbekiston va Qirg`iziston Mudofaa vazirliklari harbiy hamkorlik rejasini imzoladi 'ning rasmi

O`zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Qirg`iziston Respublikasi qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig`i general-mayor Rayimberdi Duyshenbiev boshchiligidagi harbiy delegasiyani qabul qildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Uchrashuv davomida mudofaa sohasida o`zbek-qirg`iz hamkorligining bugungi holati va rivojlanishistiqbollari, shuningdek harbiy yo`nalishda o`zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Tomonlarning diqqat markazida Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta`minlash dolzarb vazifa ekani ta`kidlandi.

Mudofaa vaziri Azizov 2017 yil sentyabr va dekabr oylarida Qirg`iziston Respublikasi prezidentining O`zbekistonga rasmiy tashriflari ikki mamlakat o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim voqea bo`lib qolganini aytib o`tdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o`rtasida mudofaa sohasida o`zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 2018 yilga hamkorlik rejasi imzolandi.

"Ishonchimiz komilki, harbiy sohadagi mustahkam normativ-huquqiy bazaning yaratilishi, qurolli kuchlarimiz uchun ahamiyatli bo`lgan ikki tomonlama tadbirlarni rejalashtirish va o`tkazishni amalga oshirishga yordam beradi. Ularning jangovar shayligini kuchaytirishda o`ziga xos "tayyorlov maydoni"ni o`tab, nafaqat ikki mamlakat xavfsizligini, balki butunmintaqadagi barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi", – dedi o`z nutqida O`zbekiston mudofaa vaziri.

Mehmonlar, shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishishdi.

Vstrecha v Minoboron Uzbekistana s delegasiey Krgzstana

    Boshqa yangiliklar