AsosiyJamiyat

NHK: O`zbekistonda sayyohlar soni ortmoqda

'NHK: O`zbekistonda sayyohlar soni ortmoqda'ning rasmi

Yaponiyaning NHK teleradiokompaniyasi o`z saytida Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari haqida material joylashtirdi.

Quyida ushbu material matni keltirilmoqda:

“O`zbekiston qadimda Buyuk Ipak yo`lining asosiy xalqaro tranzit markazi bo`lgan.

Bugun mamlakat ochiq va yaxshi qo`shnilikka asoslangan tashqi siyosat yuritayotgani tufayli sayyohlar oqimi oshmoqda.

Hukumat turizm sohasiga mamlakat iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi va strategik tarmog`i sifatida qaramoqda. Sayyohlik infratuzilmasini modernizasiya qilishda katta yutuqlar kuzatilmoqda. Investorlar mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish uchun subsidiyalar, shuningdek, mebel va uskunalarni import qilishda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olish imkoniga ega bo`lmoqda.

Samarqand Buyuk Ipak yo`li chorrahasida joylashgan asosiy markaz sifatida tanilgan shahardir.

– So`nggi vaqtlarda shahrimizga Tojikistondan ko`plab mehmonlar kelmoqda, – deydi sotuvchi Sunnat Mo`minov. – Natijada tadbirkorlik rivojlanmoqda, bu quvonarli hol. Umid qilamanki, mamlakatimizga butun dunyodan keluvchi sayyohlar soni yanada ortadi.

Xorijlik sayyohlarning qayd etishicha, O`zbekistonning diqqatga sazovor joylari, maftunkor tabiati bor. Lekin ularni avvalo yurtimizning boy me`moriy yodgorliklari o`ziga jalb qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi yaqin uch yilda sayyohlar sonini ikki baravar oshirishni maqsad qilgan.

O`zbekiston 2017 yili ikki yarim milliondan ziyod sayyohni qabul qildi, bu oldingi yilga qaraganda 25 foiz ko`p.

Bu yuksalib borayotgan istiqbolli xizmat ko`rsatish sohasi uchun ancha yuqori sur`atdir.

    Boshqa yangiliklar