Keyingi kunlarda bir qator ijtimoiy tarmoqlar va internet nashrlarida Samarqand shahrida bundan bir asr oldin qurilgan pochta binosining buzilayotgani haqida xabarlar e`lon qilindi.
«O`zbekiston pochtasi» Samarqand tumanlararo bog`lamasi boshlig`i Sh.Ahmedov holat yuzasidan shunday ma`lumot taqdim etdi:
«... Mazkur hududda Samarqand davlat tibbiyot institutining 800 o`rinli o`quv binosi quriladi. Lekin ushbu binoning qurilishi madaniy-tarixiy hisoblangan pochta binosidan 12 metr olisda olib boriladi. Qurilish ishlarining tarixiy binoga hech qanday ta`siri yo`q. Ikkinchidan, o`quv binosining bir qismi qurilishi rejalashtirilgan xat-xabar almashinuvi binosi tarixiy-madaniy obida sirasiga kirmaydi. Shuni eslatib o`tamizki, shahar pochtasi faoliyati uchun yaqin kunlarda hozirgidanda yaxshiroq sharoitga ega boshqa bino beriladi».

Xullas, buzilayotgan bino – Mironshoh Mirzo ko`chasi, 19-uy tarixiy bino emas. Ammo shuni eslatib o`tishimiz kerakki, ayni shu hududdagi Mustaqillik ko`chasi, 28-manzil va Pushkin ko`chasi 3-uy tarixiy bino hisoblanadi. Ularning buzilish xavfi yo`q.
Anvar Mustafoqulov
zarnews.uz saytidan olindi.






